«Barcelona» Xollandning transfer poygasidan chiqib ketdi

"Barcelona" Xollandning transfer poygasidan chiqib ketdi

«Barcelona» yozgi transfer oynasida «Borussia Dortmund» forvardi Erling Xollandni sotib olish fikridan voz kechdi, deb xabar bermoqda TV3.

Kataloniyaliklar futbolchi uchun kurashdan katta xarajat tufayli chiqib ketishdi va hozirda ustuvor vazifa forvard va jamoa sardori Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirishdir.

«Borussiya» Xolland uchun 150 million evro talab qilmoqda. Oldinroq futbolchiga «Real», «Chelsi» va «Man Siti» qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi.

Koronavirus pandemiyasi ta’siri tufayli ko’k anor ranglilar moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Klub ish haqi bo’yicha qarzni to’lash uchun bankdan katta kredit olishi kerak edi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments