«Barselona» Chempionlar ligasida «Benfika» bilan durang o’ynadi, «Atalanta» esa «Yang Boyz»ga mag’lub bo’lmadi.

"Barselona" Chempionlar ligasida "Benfika" bilan durang o'ynadi, "Atalanta" esa "Yang Boyz"ga mag'lub bo'lmadi.

Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida “Barselona” o‘z maydonida “Benfika”ni qabul qildi. Uchrashuv 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi uchrashuvda 17 yoshli Gavi, 18 yoshli Yusuf Demir va 19 yoshli Niko Gonsalesni asosiy tarkibga kiritdi.

“E” guruhida “Barselona” yetti ochko bilan ikkinchi, “Benfika” 5 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Avvalroq, ushbu kvartetdan «Bavariya» muddatidan avval turnirning pley-off bosqichiga yo’l olgandi.

“F” guruhida “Yang Boyz” o‘z maydonida “Atalanta” bilan durang o‘ynadi – 3:3.

«Atalanta» 6 ochko bilan F guruhida uchinchi o’rinni egalladi. “Yang Boyz” esa 4 ochko bilan to‘rtlikni yakunladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments