«Barselona» Kumanni ishdan bo’shatdi

"Barselona" Kumanni ishdan bo'shatdi

«Barselona» Ronald Kumanni bosh murabbiy lavozimidan bo’shatish haqidagi qarorini e’lon qildi.

Klub prezidenti Joan Laporta bu qarorini «Rayo Valekano»dan uchralgan mag’lubiyatdan so’ng ma’lum qildi. Ronald Kuman payshanba kuni jamoa bilan xayrlashadi. «Barselona» murabbiyga qilgan ishi uchun o’z minnatdorchiligini bildiradi va unga kelajakdagi professional faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi,

deyiladi Kataloniya klubi press-relizda.

Kuman 2020-yil 19-avgust kuni “Barselona” bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Gollandiyalik mutaxassis Kataloniya klubi murabbiyi sifatida 2020/21 yilgi mavsumda jamoa bilan Ispaniya kubogini qo’lga kiritgan.

Ispaniya chempionatining joriy jadvalida «Barselona» 9-o’rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments