«Barselona»ning sobiq futbolchisi Rakitich Benzemani «Oltin to’p»ga loyiq deb hisoblaydi

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Rakitich Benzemani "Oltin to'p"ga loyiq deb hisoblaydi

Hozirda “Sevilya” sharafini himoya qilayotgan Ivan Rakitich “Real” hujumchisi Karim Benzemani “Oltin to‘p” uchun favorit deb atadi.

Avvalo shuni aytib o’tamanki, Benzema bilan forma almashganimdan juda xursandman. Hozir u mening shaxsiy muzeyimda namoyish etilmoqda. Karimning yillar davomida qilgan ishlari hayratlanarli! U Madrid klubida shuncha vaqtdan beri o’ynamoqda… Va shunga qaramay u juda ko’p gol uradi! Va ko’pincha muhim gollar!

Krishtianu ketganidan so’ng u aniq liderga aylandi. U shunchaki noyob va men uni bu bilan tabriklamoqchiman. Men unga xuddi shunday ruhda davom etishini tilayman, faqat bizga qarshi emas!

U «Oltin to’p»ni qo’lga kiritishi mumkin edi. Uning hozirgi formasi «Real Madrid»ning kozozidir. U katta o’yinlarda gol uradi,

– deya Rakitich so’zlarini keltiradi beIN Sports.

Eslatib o’tamiz, Rakitich 2020 yilning yozida «Barselona»ni tark etgandi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments