Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi: «Ayni paytda De Bryuyne Rossiya bilan o’yinda ishtirok etadi deb o’ylamayman»

De Bryuyne Rossiya bilan o'ynolmasligi mumkin

Bir kun oldin Kevin De Bryuyne Belgiya terma jamoasiga kelib qo’shildi. Ammo, jamoa murabbiylar shtabi yarim himoyachining Rossiyaga qarshi Evro-2020dagi ochilish o’yinida ishtirok eta olishiga amin emas. Oldinroq yarim himoyachi «Chelsi» (0: 1) bilan Chempionlar Ligasi finalida yuzidan olgan jarohati tufayli kichik jarrohlik amaliyotini o’tkazgan edi.

De Bryuyne safimizga qo’shildi va bu ajoyib yangilik. U tayyor, tetik ga o’xshadi uning oshhonaga kirib borishini ko’rish shunchaki kunning eng muhim voqeasi edi.

Hozir u tibbiyot bo’limiga keyingi bir necha kunga qo’shidi va keyin yashil chiroq yonishi bilanoq u bizning o’quv dasturimizga qo’shiladi.

Ayni paytda men Kevin birinchi o’yinda qatnashadi deb o’ylamayman, ammo vaziyat o’zgarsa, u holda u o’z dasturiga yaxshi moslashib olgandagina u o’yinga qo’shilishi mumkin. Qaror qabul qilishga hali erta »

– dedi bosh murabbiy Roberto Martines Bryussel yaqinidagi Belgiya jamoasi bazasida jurnalistlarga.

Rossiya va Belgiya terma jamoalari o’rtasidagi Evro-2020 guruh bosqichining 1-tur uchrashuvi 12 iyun kuni Sankt-Peterburgda bo’lib o’tadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments