«Benfika» bosh murabbiyi «Barselona»ga qarshi o’yinda qo’ldan boy berilgan imkoniyatdan hayratda qoldi

"Benfika" bosh murabbiyi "Barselona"ga qarshi o'yinda qo'ldan boy berilgan imkoniyatdan hayratda qoldi

«Benfika» bosh murabbiyi Xorxe Jezus Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida «Barselona»ga qarshi o’yin natijasi haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi. Mutaxassis o’yin oxirida Xaris Seferovich halokatli vaziyatdan gol ura olmaganida qo’ldan boy berilgan imkoniyatni alohida qayd etdi.

94 daqiqa ichida «Barselona»da gol urish uchun bir-ikkita imkoniyat bo’ldi, ammo bizdagidek yaqqol imkoniyatga ega bo’lmadi. 94-daqiqada raqiblar darvozasida hattoki darvozabon ham yo’q edi… Men 30 yildan beri murabbiyman va umrimda bunaqasini ko’rmaganman, afsuski, bu men va Benfika bilan sodir bo’ldi. Shuncha yil murabbiylik qildim va hech bir o’yinchim imkoniyatni boy bermagan, bu deyarli imkonsiz edi, lekin futbolda shunday kutilmagan hodisalar bo’ladi.

Biz pley-offni orzu qilishda davom etamiz. «Barselona» dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biri va biz ular bilan guruhdan chiqish uchun kurashyapmiz. Bu muxlislar, futbolchilar va murabbiy uchun faxr bo’lishi kerak, chunki bugun biz ajoyib jamoa darajasida edik,

– dedi Jezus.

“E” guruhida “Barselona” yetti ochko bilan ikkinchi, “Benfika” 5 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments