Benzema Valbuenani video bilan shantaj qilishga uringanlikda aybdor deb topildi

Benzema Valbuenani video bilan shantaj qilishga uringanlikda aybdor deb topildi

“Real” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema sobiq terma jamoadoshi Matyo Valbuenani intim videosi tufayli shantaj qilishga uringanlikda aybdor deb topildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Versal sudi futbolchini shartli ravishda bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi va 75 ming yevro jarima belgiladi.

Sud majlisida aybiga iqror bo‘lmagan Benzema ishtirok etmadi.

2015 yilda Benzema fransuz futbolchisi Valbuenani jinsiy aloqa videosi orqali shantaj qilganlikda ayblangan edi. 2021 yilning may oyigacha hujumchi ushbu voqea tufayli terma jamoaga chaqirilmagandi.

33 yoshli Benzema joriy mavsumda 16 o’yinda 14 ta gol urdi. Valbuena 2014-2015 yillarda Moskvaning «Dinamo» jamoasida o’ynagan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments