Benzemani bu mavsum to’xtatib bo’lmayapti

Frantsiya terma jamoasi Millatlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan baxsda Belgiyani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvning 62-daqiqasida Karim Benzema gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

«Qaymoqranglilar» forvardi bu mavsumda terma jamoa va klub safida umumiy 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 8 ta golli uzatma amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayni damda 33 yoshli forvard La Ligada 9 ta gol va 7 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan holda, har ikkala ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshisi bo‘lib turibdi.

Ma’lumot o‘rnida, 10 oktyabr sanasida Desham shogirdlari Millatlar ligasi finalida Ispaniyaga qarshi maydonga chiqadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments