Beyl Evro-2020dan so’ng iste’foga chiqishini e’lon qiladi

Beyl faoliyatini tugatmoqchi

Uels hujumchisi Garet Beyl faoliyatini tugatishi mumkin.

Manbaga ko’ra, 31 yoshli futbolchi o’z qarorini Evropa chempionatidan so’ng e’lon qiladi. Endi forvard «Real» bilan 2022-yilgacha hisoblangan shartnomani bekor qilish imkoniyatini qidirmoqda. Madridliklar bunga qarshilik qilmoqhci emaslar, chunki ketganidan so’ng uelslik futbolchi tufayli ish haqi evaziga 22 million evroni bo’shatishadi.

Futbolchi avvalroq Evro-2020dan keyin kelajagi haqida e’lon qilishini aytgan va uning qarori tartibsizlikni keltirib chiqarishi mumkinligini ta’kidlagan edi. Keyinchalik Beylning agenti Jonathan Barnett karerasining tugashi haqidagi ma’lumotni bema’nilik deb atadi.

Beyl «Real» safida 2013 yildan beri o’ynab kelmoqda. U mavsumni «Tottenxem» da ijarada tugatdi va 34 o’yinda 16 gol urdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments