“Biz “Old Trafford”da doim yaxshi o‘ynaymiz. Gvardiola «Manchester Yunayted» ustidan qozonilgan g’alaba haqida fikr bildirdi

“Biz “Old Trafford”da doim yaxshi o‘ynaymiz. Gvardiola "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionatining 11-turida «Manchester Yunayted» ustidan qozonilgan g’alaba haqida gapirdi. Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

“Men bu yerda bo‘lganimdan beri “Old Trafford”da doim yaxshi o‘ynaganmiz. Biz ko’p marotaba g’alaba qozonganmiz, bu boshqa stadionlardan ko’ra ko’proq. Bu ajoyib o’yin bo’ldi va biz g’alaba qozonishga haqli edik. Bu yana uch ochko. Biz bugun kerakli o’yinni o’tkazdik. Ular tezkor harakat qilishlari, to’p yo’nalishini yaxshi o’zgartirishlari kerak edi, ammo gollar ham talab qilinardi. Ikki goldan so’ng tarkibda o’zgarishlar qilishning hojati yo’qligini his qildim,

– dedi Gvardiola.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Xosep Gvardiola shogirdlari ochkolari sonini 23taga yetkazib, APL turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Manchester Yunayted» 17 ochko bilan beshinchi pog’onada bormoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments