“Borussiya”ning Hollandga va’da qilayotgan maoshi kulgiga sabab bo‘lyapti

“Borussiya”ning Hollandga va’da qilayotgan maoshi kulgiga sabab bo‘lyapti

Dortmundliklar kelasi yozda ham Erling Hollandni o‘z safida ushlab qolmoqchi. “Borussiya” rahbariyati norvegiyalik to‘purar olib qolish maqsadida uning maoshini ikki baravar oshirishga qaror qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Holland ayni paytda nemis klubidan yiliga 8 million evro olmoqda. Dortmundliklar agar hujumchi ketib qolmasa, uning yillik maoshini 15 million evroga ko‘tarmoqchi.

Qiziq tomoni shundaki, futbolchini agenti Mino Rayola Evropaning grand klublarida futbolchiga yiliga 50 million evro maosh berishni talab qilmoqda.

O‘tgan transferlar davrida ayrim klublar yosh hujumchiga 30 million evro atrofida yillik maosh taklif qilgandi.

Grandlar bermoqchi bo‘layotgan maoshga solishtirganda dortmundliklar va’da qilayotgan summa kulgili ko‘rinyapti.

Hollandning “Borussiya” bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. 21 yoshli hujumchi joriy mavsumda Bundesligada beshta uchrashuvda maydonga tushib, ettita gol va to‘rtta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning transferi 130 million evroga baholanmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments