«Boshqa har qanday natija g’alati tuyuladi.» Manchini «Oltin to’p» ni Jorjinyoga topshirishga undadi

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini "Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinyo 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilishi kerak deb hisoblaydi.

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini «Chelsi» yarim himoyachisi Jorjinyo 2021 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilishi kerak deb hisoblaydi.

Menimcha, Jorjinyo «Oltin to’p» ni qo’lga kiritishi kerak. U hamma narsani yutdi va bunga juda munosib. Boshqa har qanday natija menga g’alati tuyulardi «,

dedi Manchini.

2020/21 yilgi mavsumda Jorjinyo Italiya terma jamoasi bilan Evro -2020 g’olibiga aylandi. 29 yoshli yarim himoyachi «Chelsi» bilan birgalikda Chempionlar ligasida g’olib chiqdi.

Italiya 10 oktyabr kuni UEFA Millatlar Ligasi 3-o’rin uchun bellashuvda Belgiya bilan o’ynaydi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments