Brozovich «Inter» bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas. Futbolchini maosh qoniqtirmayapti

Brozovich "Inter" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas

«Inter» yarim himoyachisi Marselo Brozovich klub bilan yangi shartnoma shartlari bo’yicha kelisha olmayapti.

Italiyaliklar futbolchiga 2025 yilga qadar shartnoma taklif qilishmoqda, unda 5,5 million yevro maosh hamda bonuslar nazarda tutilgan. Bu haqda jurnalist Nikolo Shira yozadi.

Futbolchining o’zi ham ko’proq olmoqchi, bu haqda o’z vakillari orqali «Inter» rahbariyatiga ma’lum qildi.

Yarim himoyachi klub yon bermaguncha shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Brozovich 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularda uchtadan ogohlantirish oldi. Xabar qilinishicha, xorvatlarning xizmatlariga «PSJ» va «Tottenhem» klublari qiziqish bildirmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments