Bruno Fernandesh Sulsherning «Manchester Yunayted»ni tark etganiga munosabat bildirdi

Bruno Fernandesh Sulsherning "Manchester Yunayted"ni tark etganiga munosabat bildirdi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Ole-Gunnar Sulsherning bosh murabbiy lavozimidan chetlatilganiga munosabat bildirdi.

«Kecha aytganimdek, biz duch kelgan vaziyatda hamma aybdor va siz men uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun «rahmat» yetarli bo’lmaydi. Menga ishonganingiz va ushbu klub vakili bo’lish imkoniyatini berganingiz uchun sizdan to’liq minnatdorman. Sizga va oilangizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman!

– deb yozdi futbolchi Instagram’da.

2018-yil dekabr oyida Sulsher mavsumning qolgan qismida “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2019 yilning mart oyi oxirida klub norvegiyalik bosh murabbiyni doimiy asosda tayinladi va u bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments