Buffon «Barselona» ning ikkinchi darvozaboni bo’lishni rad etdi, chunki u JCh-2022da rekord o’rnatmoqchi

Buffon Barselonafa o'tmaydi

«Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffon «Barselona» ga o’tmaydi.

Manbaga ko’ra, Kataloniya klubi 43 yoshli italiyalik bilan shartnoma imzolashni va unga ikkinchi darvozabon rolini berishni rejalashtirgan. Biroq, Buffon muntazam ravishda o’ynashni xohlaganligi sababli ko’k-anorranglilar bilan muzokara o’tkazmadi. U 2022 yilgi Jahon chempionatiga borishni va oltita jahon chempionatiga yo’l olgan birinchi futbolchiga aylanishni rejalashtirmoqda.

Oldinroq Buffon faoliyatini «Parma»da yakunlamoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi. Ushbu klubda u faoliyatini 1995-yilda boshlagan va 2001-yilda «Yuventus» ga o’tgan.

Buffonning turinliklar bilan shartnomasi 2021-yil 30 iyunda tugaydi, tomonlar shartnomani uzaytirmaydilar. Darvozabon yangi jamoaga erkin agent sifatida qo’shilishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Buffon 14ta uchrashuv o’tkazdi va 9ta gol o’tkazib yubordi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments