Buffon «Yuventus» dan ketish sabablarini aytib o’tdi

Buffon Yuventusni tark etmoqchi

«Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffon jamoadan ketish sabablarini tushuntirib berdi.

Birinchi qiyinchiliklardan so’ng jamoaning ishtiyoqi bug’lanib ketayotganini ko’rish yoqimsiz edi. Haqiqiy muxlislar dastlabki muvaffaqiyatsizliklarda jamoani ayblamasliklari kerak. Agar men «Yuventus» ni qo’llab-quvvatlasam, bu jamoaning futbolchilari men uchun nafaqat fevralga, balki butun mavsum davomida eng zo’r bo’lishadi.

Shuningdek, Andrea Pirlo bilan do’stligim tufayli kimdir meni «Barselona» ga qarshi o’ynayapman deb o’ylashi meni bezovta qildi. Aynan kimdir mendan shubhalanayotgani meni «Yuventus» dan ketishimga turtki bo’ldi

-dedi Buffon.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Buffon faoliyatini «Parma» da yakunlamoqchi ekani haqida xabar berilgandi. Ushbu klubda futbolchi faoliyatini 1995-yilda boshlagan va 2001 yilda «Yuventus» ga o’tgan.

Buffonning turinliklar bilan shartnomasi 2021 yil 30 iyunda tugaydi, tomonlar shartnomani uzaytirmaydilar. Darvozabon yangi klubga erkin agent sifatida qo’shilishi yoki faoliyatini yakunlashi mumkin.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments