“Buxoro”da 3 oy ichida uchinchi istefo

Buxoro

Bu yil o’z oldiga Superligaga qaytishni asosiy maqsad qilib qo’ygan “Buxoro” jamoasida o’zgarishlar davom etadi.

Avvaliga bosh murabbiy Davron Fayziev tushunarsiz qarorlar bilan istefoga chiqarilgandi. So’ngra oradan biroz vaqt o’tgach rahbariyat klub menejeri sifatida Usmon Toshevni “Buxoro”ga qaytargandi. Bosh murabbiy vazifasini bajarib kelgan Anvar Berdiev ham kuni-kecha o’z lavozimini tark etgani haqida xabar topdik. Mavsum starti arafasida “Istiqlol” jamoasidan taklif etilgan Anvar Berdiev va uning yordamchisi Sergey Lebedevga ham “Buxoro” jamoasida uzoq vaqt ishlash nasib etmadi.

Klub menejeri Usmon Toshev katta ehtimol bilan Tojikiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini butkul yakunlab qaytgach, “Buxoro” boshqaruvni o’z qo’liga oladi. Unga qadar jamoani o’yinlarga mahalliy murabbiylar Mirislom Hasanov bilan Suhrob Qobilov tayyorlab boradi. 

Eslatib o’tamiz, 19 mart kuni o’tgan yil jamoani boshqargan Jamshid Saidov istefoga chiqarilgani xabar berilgan. 22 aprelda Davron Fayziev bilan xayrlashgan klubni may oyida Anvar Berdiev bilan ham tark etdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments