“Chelsi” ham tekinga o‘yinchi olmoqchi

“Chelsi” ham tekinga o‘yinchi olmoqchi

Calciomercato saytining yozishicha, “Chelsi” skautlari Marselo Brozovich va “Inter” o‘rtasidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib bormoqda.

Hozircha, tomonlar yangi bitim borasida bir qarorga kela olmadi. “Aristokratlar” yozda erkin agentga aylanadigan yarim himoyachi bilan yanvar oyida kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda. Ular tez orada Brozovich agentlari bilan hamkorlik borasida muzokara boshlamoqchi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchining o‘zi ham Angliya chempionatiga o‘tishga moyil. Unga “Chelsi”dan tashqari “Liverpul” va “Tottenxem” ham ish taklif qilishga tayyor.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments