«Chelsi» Ryudiger bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

"Chelsi" Ryudiger bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

«Chelsi» himoyachi Antonio Ryudiger bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, deb xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.

Manbaga ko’ra, futbolchining maoshi borasida hali kelishuv yo’q, lekin nemis futbolchisi klubda baxtli va bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan yaxshi munosabatda.

Qayd etilishicha, «Real» va «Bavariya» 28 yoshli futbolchini erkin agent sifatida sotib olmoqchi.

Ryudigerning «Chelsi» bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi.

Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 9ta o’yin o’tkazib, bitta gol urgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments