David Luiz yozda «Arsenal»dan tekinga ketadi

David Luiz yozda "Arsenal"dan tekinga ketadi

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi David Luizning yozda London klubidan ketishini elon qildi.

34 yoshli braziliyalik futbolchi erkin agent maqomida klubni tark etadi, sababi uning shartnomasi 2021 yilning iyuniga qadar mo’ljallangan.

«O’tgan yili shartnomani bir mavsumga uzaytirishga muvaffaq bo’lgan edik. U borini berdi, men imkon qadar ko’proq unga yordam berishga harakat qildim, klub ham. Bir necha suhbatlardan so’ng biz qaror qildikki, ketish eng yaxshi yo’l», –

deydi Arteta.

David Luiz «Arsenal»da 2019 yilning avgustidan beri o’ynaydi. Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum jamoa safida 30ta o’yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments