De Bryuyne muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

De Bryune aperatsiyadan chiqdi

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne ko’z uyasidan jarohat oldi. Futbolchi bir necha kundan keyin terma jamoaga qo’shiladi. Bu haqda belgiyaliklar bosh murabbiyi Roberto Martines ma’lum qildi.

Operatsiya atigi 20 daqiqa davom etdi. Hammasi juda yaxshi o’tdi. Ushbu kichik aralashuv juda zarurdir. U uzoq vaqt tiklanishiga muhtoj bo’lmaydi.

Tibbiy xodimlar natijadan mamnun. Dushanba kuni u jamoamizga qo’shilishini kutamiz

– dedi Martines.

Eslatib o’tamiz, yarim himoyachi EChL finalida «Chelsi» ga qarshi o’yinda (0: 1) jarohat olgan edi. Unga burun va chap ko’z uyasi suyaklari sinishi tashxisi qo’yilgan.

Belgiya terma jamoasi Evro-2020 guruh bosqichining birinchi turida Rossiya bilan to’qnash keladi. O’yin 12-iyun kuniga belgilangan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments