Dibalaning agenti noyabr oyida «Yuventus» rahbariyati bilan yangi shartnoma imzolash uchun uchrashadi – OAV

Dibalaning agenti noyabr oyida "Yuventus" rahbariyati bilan yangi shartnoma imzolash uchun uchrashadi - OAV

Paulo Dibala yarim himoyachisining agenti Xorxe Antun noyabr oyida «Yuventus» bilan uchrashib, mijozi bilan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qiladi, deb yozadi italiyalik jurnalist Fabritsio Romano Twitter sahifasida.

Insayderning qayd etishicha, uchrashuv Yevropada bo‘lib o‘tadi va tomonlar shartnomani 2026 yilning yoziga qadar uzaytirish masalasini muhokama qilishadi.

27 yoshli Dibala 2015 yilning iyul oyidan beri «Yuventus»ning ranglarini himoya qilib, besh karra Italiya chempioniga aylandi. Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida tugaydi.

Italiyadagi joriy chempionatda Dibala sakkizta o’yin o’tkazib, ularda uchta gol urdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments