Dortmundning “Borussiya” klubi “Leyptsig”ga imkoniyatni boy berib, “Bavariya” bilan farqni oshirdi

Dortmundning “Borussiya” klubi “Leyptsig”ga imkoniyatni boy berib, “Bavariya” bilan farqni oshirdi

Germaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan “Leyptsig” o‘z maydonida Dortmundning “Borussiya” klubini mag‘lub etdi.

Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.

Mezbonlar safida gollarga Kristofer Nkunku va Yussuf Poulsen mualliflik qilishdi. Mehmonlar safida Marko Roys gol urdi.

«Borussiya» 24 ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida 2-o’rinni egallab turibdi. “Bavariya” bilan oradagi farq 4 ochko.

“Leyptsig” 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi, jamoa hisobida 18 ochko bor.

Marko Rouz jamoasi navbatdagi o’yinni 20 noyabr kuni o’z maydonida «Shtutgart» bilan o’tkazadi. O’sha kuni Jess Marsh jamoasi Xoffenxaymga tashrif buyuradi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments