ESPN: Ronaldo Evro-2020dan keyin kelajagi to’g’risida qaror qabul qiladi

Ronaldo kelajagini EVRO-2020 dan kin hal qiladi

Portugaliyaning «Yuventus» hujumchisi Krishtiano Ronaldo Turin klubini tark etishga yaqin turibdi.

Manbaning xabariga ko’ra, 36 yoshli futbolchi «Yuventus» dan ketishga intilmoqda va allaqachon boshqa klublarga o’tish variantlarini ko’rib chiqa boshladi – masalan, PSJ, «Real» va «Manchester Yunayted» futbolchiga faol qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining o’zi 11-iyundan 11-iyulgacha davom etadigan futbol bo’yicha Evropa chempionati tugagandan so’ng kelajagi to’g’risida yakuniy qaror qabul qiladi.

Xabar qilinishicha, Ronaldoning boshqa klubga o’tishi portugaliyalikning ish haqi talablarini, shuningdek, koronavirus pandemiyasi sharoitida moliyaviy inqiroz oqibatlari bilan kurashayotgan «Yuventus» dan futbolchining so’raladigan narxini murakkablashtirishi mumkin.

Ronaldoning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2022-yil 30 iyungacha mo’ljallangan. Tugagan mavsumda portugaliyalik 44 uchrashuvda 36 gol urdi va 4 golli pas berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments