Evra Messini navbatdagi «Oltin to’p» bilan tabrikladi. Ovoz berish natijalari rasman e’lon qilinmagan

Evra Messini navbatdagi "Oltin to'p" bilan tabrikladi. Ovoz berish natijalari rasman e'lon qilinmagan

Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Patris Evra ijtimoiy tarmoqlarda g’olib nomi rasman e’lon qilinmaganiga qaramay, Lionel Messini «Oltin to’p» sohibi bo’lgani bilan oldindan tabrikladi.

Leo Messini «Oltin to’p»ning navbatdagi g’alabasi bilan tabriklayman,

– deb yozadi Evra.

Sobiq futbolchi o’zining avvalroq bildirilgan fikrlariga ishqibozlarning munosabatidan noroziligini ham bildirdi. Evraning qayd etishicha, u Krishtianu Ronalduni maqtasa, muxlislar buni fransiyalik futbolchining forvard bilan do‘stligi sabab deb aytishadi. Va u Messining yana dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olinishini da’vo qilganda, ular buni talonchilik deb atashadi.

Joriy “Oltin to‘p”ni topshirish marosimi 29-noyabr kuni Parijda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments