Evro-2020 oldidan ikki shved futbolchisida koronavirus borligi aniqlandi

Shvetsiya ikki o'yinchisi koronavirusga ijobiy test topshirdi

Shvetsiya terma jamoasi Evropa chempionati boshlanishidan oldin koronavirus holatlarini aniqladi.

Terma jamoaning matbuot xizmati «Yuventus» yarim himoyachisi Deyan Kulushevskiyning 7 iyun kuni «COVID-19» dan ijobiy natija berganligini aytdi.

8-iyun kuni tushdan keyin bo’lib o’tgan mashg’ulotdan so’ng Shvetsiya jamoasining bosh shifokori Anders Valentin ushbu virus «Bolonya» yarim himoyachisi Matias Svanbergda ham topilganligini aytdi.

Matias jamoa bilan mashg’ulot o’tkazmaydi va hozirda mehmonxonada izolyatsiya qilingan. Uning test natijalari tahlil qilinadi, so’ngra qo’shimcha tekshiruv o’tkazamiz

– dedi Valentin.

Evropa chempionati 11-iyundan 11-iyulgacha bo’lib o’tadi. Shvedlar musobaqadagi ilk uchrashuvini Ispaniyaga qarshi o’tkazishadi (14 iyun). Keyin Janne Andersson jamoasi Slovakiya (18 iyun) va Polshaga (23 iyun) qarshi o’ynaydi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments