Evro-2020ning ochilish o’yiniga D. Imomxo’jaevdan prevyu

Turkiya Italiya

Bugun futbol bo’yicha Evropa chempionati bahslari start oladi.

O’zPFL bosh direktori Diyor Imomxo’jaev musobaqaning ochilish o’yiniga to’xtalib, kimga muxlislik qilishini aytdi:

Turkiya — Italiya o’yini bilan bugun Evro-2020 start oladi. Ochilish uchrashuvi uchun bundan ham chiroyli qarama-qarshilikni topish qiyin edi.

Tarix va geografiyani yaxshi ko’rardim. Bu fanlar Italiya va Turkiyani ko’p eslatadi, Rimdan tortib, Usmonlilar imperiyasiga qadar, I jahon urushidan tortib, Vizantiy, Konstantinopol va bugun Istanbulga aylangan shahar bilan bog’liq tarix, Buyuk Ipak yo’lini Evropa bilan bog’laydigan yo’llar, Qora dengiz va O’rta er dengizi o’rtasidagi tarixiy harakatlar, xullas, Italiya va Turkiya mana shu silsilalar sabab ham yaxshi raqibdirlar.

Albatta A seriyani turk Superligasidan farqi bor, Italiya chempionati oldinda, doim trendda. Biroq Turkiya chempionatini kuchsiz deya olmaymiz, Beshiktosh, Trabzonspor, Galatasaray, Fenerbaxche kabi bir-biriga o’gay va dahshatli raqobatchilari bor bu chempionatning. Bugun Italiyaga oson bo’lmaydi, bugun turklar tom manoda so’nggi nafaslarigacha kurash olib borishadi.

Uchrashuv Rimda, Rim timsollaridan biri Olimpikoda bo’lib o’tadi. 23:50 dan boshlab UzReport jonli efirga ulanadi. O’zbekistonning Yamanga qarshi o’yinini tugatib, men Olimpikoga ulanaman va bugun Turkiya uchun muxlislik qilaman.

Roberto Manchini va SHenol Gyunesh bugungi bahsda quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalanishi kutilmoqda:

Turkiya: Ug’urjan CHaqir; Zeki CHelik, Merix Demiral, CHaglar Suyunju, Umut Merash; Okay Yokushlu, Ozan Tufan, Hakan CHalxanoglu, Jengiz Under; Kenan Karaman, Burak Yilmaz
Italiya: Donnarumma; Florenci, Bonuchchi, Kellini, Spinaccola; Barella, Jorjino, Lokatelli; Berardi, Immobile, Insine

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments