FIFA har ikki yilda bir marta Jahon chempionatini o’tkazish imkoniyatini o’rganib chiqadi

FIFA jahon chempionati haqida

Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi (SAFF) FIFA Kongressi doirasida Jahon chempionatini har ikki yilda o’tkazishni taklif qildi.

Biz futbolning kelajagi hal qiluvchi pallada deb ishonamiz. Hozirda futbol duch keladigan ko’plab muammolarni davom etayotgan pandemiya kuchaytirmoqda. Jahon chempionatining har ikki yilda o’tkazilishi nafaqat xalqaro uchrashuvlar sonini kamaytirishga yordam beradi, balki musobaqaning qadr-qimmatini oshiradi »

– dedi SAFF prezidenti Yosir Al-Misalex

O’zgarishlar erkaklar va ayollar turnirlariga ta’sir qilishi rejalashtirilgan.

FIFA prezidenti Janni Infantino bu taklifni ravon va batafsil deb atadi. Jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o’tkazish g’oyasini 166 milliy federatsiya qo’llab-quvvatladi. Endi FIFA ushbu g’oyani batafsil o’rganmoqchi.

FIFA Jahon chempionati har to’rt yilda bir marta o’tkaziladi. 2018 yilda musobaqa Rossiyada bo’lib o’tdi. 2022 yilda musobaqaga Qatar mezbonlik qiladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments