«Fiorentina» Italiya kubogi 1/8 finalida «Napoli»ni uchta penalti bilan mag’lub etdi.

"Fiorentina" Italiya kubogi 1/8 finalida "Napoli"ni uchta penalti bilan mag'lub etdi.

Italiya Kubogining 1/8 finalida “Napoli” o‘z uyida “Fiorentina”ga qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuv 2:5 hisobida yakunlandi.

Serbiyalik hujumchi Dushan Vlahovichning goliga mezbonlar belgiyalik hujumchi Dris Mertensning to’pi bilan javob qaytarishdi.

Tanaffus oldidan “Fiorentina”ning polshalik darvozaboni Bartlomey Dragovski qo‘pol o‘yin uchun maydondan chetlatildi.

58-daqiqada Krishtianu Biraghi “Fiorentina”ni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Asosiy vaqt yakunida meksikalik “Napoli” hujumchisi Irving Lozano qo‘pol o‘yin uchun qizil kartochka oldi, keyin esa Neapolitan klubining ispaniyalik yarim himoyachisi Fabian Ruis ikkinchi sariq kartochka uchun maydondan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 6-daqiqada Andrea Petagya gol urdi.

Biroq qo‘shimcha bo‘limlarda avvaliga “Fiorentina” himoyachisi Lorenso Venuti to‘p kiritgan bo‘lsa, so‘ng Vlaxovich o‘rniga tushgan polshalik hujumchi Kshishtof Pentek va marokashlik Yusef Malech yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Uchrashuvni “Fiorentina”ning rossiyalik hujumchisi Aleksandr Kokorin zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.

“Fiorentina” turnirning chorak finaliga chiqdi va unda “Atalanta”ga qarshi maydonga tushadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments