Garsiya «Barselona»ga o’tishini tasdiqlamoqda

Garsiya "Barselona"ga o'tishini tasdiqlamoqda

«Manchester Siti» himoyachisi Erik Garsiya jamoadan ketib «Barselona» ga o’tishini tasdiqladi.

Men kelajakdagi faoliyatim haqida va hozirda eng zo’r deb o’ylagan narsalarim haqida o’ylardim. Menimcha, bu dadil qaror. Men o’z tanlovimga juda aminman.

Pike bilan taqqoslash? Menga farqi yo’q, chunki biz har xil futbolchimiz. Jerar hamma narsaga erishdi, u dunyodagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri, u taniqli, va men 20 yoshdaman va deyarli o’zimning kareramni boshlayapman. Demak, bitta taqqoslash mumkin: biz ikkalamiz ham «Barselona» akademiyasidamiz va Manchesterda yashaganmiz, lekin u o’sha shaharning unchalik yaxshi bo’lmagan jamoasida o’ynagan, –

-dedi Garsiya L’Esportiuga bergan intervyusida.

20 yoshli Garsiya Barselonada tug’ilgan va Kataloniya yoshlar jamoasida 2017 yilgacha o’ynagan. U to’rt yil oldin «Man Siti» ga o’tgan, ammo uch mavsumda faqatgina 35 ta asosiy tarkibda maydonga tushgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments