Hollandni sotib olish uchun «Barsa»ga yordam beradiganlar topildi

Hollandni sotib olish uchun "Barsa"ga yordam beradiganlar topildi

«Barselona» jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, «Borussiya» Dortmund hujumchisi Erling Hollandga qiziqish bildirmoqda.

Kataloniya klubi rahbariyati yozda 21 yoshli norvegiyalik hujumchini sotib olmoqchi. Bu yil klub prezidenti Joan Laporta futbolchining otasi va agenti bilan uchrashdi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, «Barsa» klubiga ushbu transferni amalga oshirishda yordam berishga tayyor bo‘lgan bir nechta investitsiya fondlardan takliflar bor. Shunga qaramay, Hollandning ish haqi bo‘yicha yuqori talablari kataloniyaliklar uchun jiddiy to‘siq bo‘lib qolishi mumkin.

Holland uchun «Real» va PSJga qarshi raqobatda «Barselona»ning ustunligi shundaki, u «Kamp Nou»da asosiy futbolchiga aylanishi mumkin, boshqa jamoalarda esa unga bunday rol kafolatlanmagan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments