«Hollandning «Bavariya»ga qo’shilishi mutlaqo aqldan ozishdir» – Karl-Xaynts Rummenigge

"Hollandning "Bavariya"ga qo'shilishi mutlaqo aqldan ozishdir" - Karl-Xaynts Rummenigge

Myunxenning «Bavariya» boshqaruvi sobiq raisi Karl-Xaynts Rummenigge Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Erling Hollandni sotib olish varianti haqida yana bir bor shubha bilan gapirdi.

«Bavariya»da Levandovski bor, menimcha, bu yil «Oltin to’p»ni qo’lga kiritadi. Dunyoda undan yaxshiroq hujumchi yo’q, u Hollanddan ustun, norvegiyalikni qo’lga kiritish katta sarmoya talab qiladi. Bu ikkovini bir jamoada birlashtirish mutlaqo aqldan ozganlik bo’lardi, chunki Levandovski va Hollandni bir jamoada ushlab turolmaysiz,

– dedi Rummenigge.

2021/22 yilgi mavsumda Holland Germaniya chempionatining 6 ta uchrashuvida 9 ta gol urdi. Levandovski 12 o’yinda 14 ta gol urgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments