Ikardi PSJdan ketib, A Seriyaga qaytishi mumkin

Ikardi PSJdan ketadimi?

«PSJ» hujumchisi Mauro Ikardi yozgi transferlar vaqtida frantsuz klubini tark etishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Shiraning so’zlariga ko’ra, futbolchining agenti va rafiqasi Vanda Nara argentinalikning transferi ustida ishlamoqda va «Yuventus» va «Milan» bilan muzokaralar boshlangan.

Oldinroq 28 yoshli futbolchi hujumchi Edin Jekoning ketsa uni o’rniga «Roma» ga o’tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda Ikardi barcha turnirlarda 26 uchrashuv o’tkazdi, 12 gol urdi va 6 golga uzatma berdi. Ilgari Italiyada futbolchi «Inter» va «Sampdoriya» da o’ynagan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments