Ikardi qishda «PSJ»ni tark etishi mumkin – OAV

Ikardi qishda "PSJ"ni tark etishi mumkin - OAV

«PSJ» hujumchisi Mauro Ikardi qishki transferlar vaqtida klubni tark etishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Shira.

Manbaga ko’ra, argentinalik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning rejalariga kiritilmagan. Hujumchining o’zi yanvarda klubni tark etishiga ishonchi komil emas va yozgacha kutishga tayyor.

Qayd etilishicha, Premer-liganing nomi oshkor etilmagan ikki klubi 28 yoshli hujumchi haqidagi ma’lumotlarni o’rganmoqda.

Joriy mavsumda Ikardi barcha turnirlarda 17ta o‘yin o‘tkazib, 3ta gol urdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments