Immobile jarohat oldi va Italiya terma jamoasi o’yinlarini o’tkazib yuboradi

Immobile jarohat oldi va Italiya terma jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuboradi

«Latsio» hujumchisi Chiro Immobile Italiyani tark etishga majbur. Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) ma’lumotlariga ko’ra, futbolchiga jarohat tashxisi qo’yilgan va u JCh-2022 saralash bosqichini o’tkazib yuborishga majbur bo’ladi.

Rim klubi sardoriga chap oyog’ining tovon mushagi jarohati tashxisi qo’yilgan, endi uning o’rnini terma jamoada «Sassuolo» hujumchisi Janluka Skamakka egallaydi.

Italiya terma jamoasi 12 noyabr kuni Shveysariyaga qarshi, 15 noyabr kuni esa Shimoliy Irlandiya terma jamoasi bilan o‘yin o‘tkazishi rejalashtirilgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments