Immobile «Lokomotiv» bilan o’yinda «Latsio»ga yordam bera olmasa kerak – OAV

Immobile "Lokomotiv" bilan o'yinda "Latsio"ga yordam bera olmasa kerak - OAV

“Latsio” hujumchisi Chiro Immobile Yevropa ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasida “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin, deb xabar bermoqda Calciomercato.

31 yoshli italiyalikda avvalroq chap oyoqning tovon mushaklari shikastlangani aniqlangan. Shu sababli u JCh-2022 saralash o’yinlarini Shveytsariya (1:1) va Shimoliy Irlandiya (0:0) terma jamoalari bilan o’tkazib yubordi.

Qayd etilishicha, futbolchi hali tuzalgani yo‘q va katta ehtimol bilan “Yuventus” (20-noyabr, A Seriya) va “Lokomotiv” (25-noyabr, Yevropa Ligasi “E” guruhi doirasidagi)ga qarshi o‘yinlarda maydonga tushmaydi.

Joriy mavsumda Immobile barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments