Insinye Evropa ligasi o’yinida «Spartak»ga qarshi o’ynamaydi

Insinye Evropa ligasi o'yinida "Spartak"ga qarshi o'ynamaydi

“Napoli” hujumchisi Lorenso Insinye tizzasidan olgan jarohati sabab Yevropa ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida “Spartak”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda Italiya klubi matbuot xizmati.

Avvalroq, “Napoli”ning to’purari Viktor Osimhen va himoyachi Andre-Frank Zambo-Angissa ham Moskvaga bormasligi ma’lum bo’lgandi.

30 yoshli Insinye joriy mavsumda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Spartak» – «Napoli» uchrashuvi 24 noyabr kuni Moskvada bo’lib o’tadi va Moskva vaqti bilan soat 18:30da boshlanadi. Evropa ligasining 2-turida «Spartak» «Napoli»ni 3:2 hisobida mag’lub etdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments