Italiya kubogi finaliga tomoshabinlar tashrif buyurishi mumkin

Juventus-Atalanta o'yinida muhlislar ishtirok etadi

Italiya kubogi-2020/21 final o’yini tomoshabinlar ishtirokida o’tkaziladi. Ushbu ma’lumotni mamlakat sog’liqni saqlash vaziri Andrea Kosta tasdiqladi.

«Atalanta» va «Yuventus» o’rtasidagi kubok uchun hal qiluvchi o’yinda 4700 muxlis tashrif buyuradi. Bu Regjio Emiliya shahridagi Mapei arenasining sig’imining 20 foizini tashkil etadi.

«CTS (Ilmiy-texnik qo’mita) koronavirusga qarshi kurash qoidalariga to’liq rioya qilgan holda muxlislarning stadionga etib borishi va tadbirda xavfsiz tarzda qatnashishi uchun protokolni o’rganmoqda».

-dedi Kosta

Italiya kubogi finali «Yuventus» – «Atalanta» 19 may kuni bo’lib o’tadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments