Italiyada Ronaldo «Yuventus» da shartnoma oxirigacha qolishni va keyin «Sporting»da faoliyatini tugatishi haqida xabarlar tarqaldi.

Ronaldo "Sporting"da faoliyatini tugatadimi?

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldo keyingi transfer oynasida klubni tark etmaydi.

Sport Mediaset jurnalisti Klaudio Raymondi xabariga ko’ra, portugaliyaliklar «keksa senyorita» bilan shartnomani yakunlash niyatida. Tomonlar o’rtasidagi kelishuv muddati 2022 yil yozida tugaydi.

Insayderning fikriga ko’ra, 36 yoshli hujumchining «Real» ga qaytishi o’ziga xos gipoteza emas va «Manchester Yunayted» futbolchini sotib olish uchun iqtisodiy imkoniyatga ega emas.

Ronaldoning «Yuventus»dan ketish uchun hech qanday zarurati yo’q, hatto uning homiylari bilan bog’liq shaxsiy sabablarga ko’ra ham. Shu sababli, portugaliyalik o’z shartnomasini oxirigacha ishlab, so’ng ikki yil davomida «Sporting» da o’ynab, faoliyatini Portugaliya klubida yakunlamoqchi.

Ronaldo 2018 yildan beri «Yuventus» da o’ynab kelmoqda. U joriy mavsumda 40 ta o’yin o’tkazib, 34 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning bozor qiymati 50 million evroga baholanmoqda.

Forvard «Sporting» ni bitirgan. U jamoada 2002 yildan 2003 yilgacha o’ynagan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments