JCh-2022 saralashida Angliya Albaniyani, Polsha Andorrani mag’lub etdi

JCh-2022 saralashida Angliya Albaniyani, Polsha Andorrani mag'lub etdi

Angliya terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichida Albaniyani mag’lub etdi. Mezbonlar raqibni 5:0 hisobida mag’lub etishdi.

Inglizlar beshta golning barchasini birinchi bo‘limda kiritishdi – Garri Keyn xet-trik, Garri Maguayr va Jordan Xenderson bir martadan gol urishdi.

“I” guruhining yana bir uchrashuvida Polsha Andorrani mehmonda 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvning 15-soniyasidan boshlab maydon egalari Rikard Fernandesning qo’pol harakatlari uchun chetlatilganidan keyin ozchilikda o’ynadi.

Guruhda Angliya 23 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, Polsha 3 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda.

“S” guruhida Italiya terma jamoasi Shveysariya termasi bilan durang o‘ynadi. Uchrashuv yakunida italiyaliklar yarim himoyachisi Jorginyo penaltini golga aylantira olmadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments