Jorjinyo: «Oltin to’p uchun kurashdagi g’alabam nafaqat gollar muhimligini ko’rsatadi»

"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjinyo "Oltin to'p" uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.

«Chelsi» yarim himoyachisi Jorjinyo «Oltin to’p» uchun imkoniyatlari haqida gapirdi.

«Oltin to’p»ni qo’lga kiritish-qo’lga kiritmaslikni hal qilish men uchun emas, lekin bu boshqa o’yinchilarga nafaqat gollar muhimligini ko’rsatish uchun rag’bat bo’ladi.

Men juda ko’p umid qilishimni xohlamayman, lekin agar mukofotni qo’lga kiritish haqida o’ylamayman desam, ikkiyuzlamachi bo’laman. Agar shunday bo’lsa, juda yaxshi, lekin bo’lmasa, men shikoyat qilmayman,

– dedi Jorjinyo.

Jorjinyo o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 8 ta gol urdi. Yarim himoyachi «Chelsi» bilan Chempionlar ligasida va Italiya termasi bilan Evro-2020da g’olib chiqqanidan keyin UEFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments