Karim Benzema: «Menga Anchelotti falsafasi, uning futbolga bo’lgan munosabati yoqadi»

Benzema Anchelotti haqida

«Real» hujumchisi Karim Benzema o’tgan mavsum yakunlarini sarhisob qildi, shuningdek, Karlo Anchelotti bosh murabbiy lavozimiga tayinlangani haqida fikr bildirdi.

Agar o’tgan mavsumga nazar tashlasangiz, biz La Liga chempionligi uchun so’nggi turgacha kurashganmiz va uni yutishga juda yaqin edik. Shuningdek, Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqdik. Mavsum davomida biz 60 ta jarohat oldik, hech qachon to’liq va sog’lom tarkibga ega bo’lmaganmiz, shuning uchun bu qiyin edi. Maqsad – raqobatbardosh bo’lib qolish uchun har yili tarkibni kuchaytirish.

Anchelottini qaytgani? Bu yaxshi yangilik, futbolchilar va muxlislar uni yaxshi bilishadi. U ajoyib murabbiy. Menga uning falsafasi, futbolni qanday ko’rishi, jamoani qanday boshqarishi yoqadi. U barcha unvonlarni yutishni istaydi «

– dedi Benzema.

Eslatib o’tamiz, Anchelotti «Real» ni 2013 yildan 2015 yilgacha boshqargan. Uning boshchiligida Madrid chempionlar ligasi g’olibiga aylandi, klublar o’rtasidagi jahon chempionligini yutdi, shuningdek Ispaniya kubogi va UEFA superkubogini yutdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments