Karrera Aleksey Miranchuk qaysi klubga borishi kerakligini aytdi

Karrera Aleksey Miranchuk qaysi klubga borishi kerakligini aytdi

«Atalanta»ning rossiyalik legioneri Aleksey Miranchuk «Sassuolo»ga o’tish uchun to’g’ri tanlov bo’ladi, deydi Moskvaning «Spartak» klubi sobiq bosh murabbiyi Massimo Karrera.

Oldinroq yarim himoyachiga Italiyada “Torino” va “Sassuolo” klublari qiziqish bildirayotgani malum bo’lgandi.

Har qanday futbolchi uchun doimiy o’yin amaliyoti muhim desam, sir ochmayman. Aleksey Miranchuk Gasperinining o’yin tizimiga kirish uchun kurashmoqda, ammo, afsuski, u hali muvaffaqiyatga erisha olmadi. Eshitishimcha, qishda u «Torino», «Sassuolo» yoki «Sampdoriya»da ijarada o’tishi mumkin. “Sassuolo”ga o‘tish Miranchuk uchun to‘g‘ri tanlov deb o‘ylayman. Yangi klub tanlashda maslahatim – Sassuolo,

– dedi Karrera Chempionshipga.

Miranchukning «Atalanta» bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 8 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments