Kasilyas Zidanning «Real» bosh murabbiyi sifatidagi ishini yuqori baholadi

Zidan Realdan ketadimi?

«Real» ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Zinedin Zidanning Madrid klubi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini yuqori baholadi.

Zidanni tanqid qilish mumkin emas. U erishgan narsa hurmatga loyiqdir. Bu aql bovar qilmaydigan va faqat bir necha kishi, hatto bitta odamgina udalaydigon narsadir

-deydi Kasilyas.

Zidan 2019 yil mart oyidan beri «Real» ga murrabiylik qilmoqda va u klubni 2016 yildan 2018 yilgacha boshqargan. Uning boshchiligida Madrid ikki marta Ispaniya chempioni bo’ldi, uch marta Chempionlar Ligasini yutdi, UEFA Superkubogini ikki marta yutdi va klublar o’rtasidagi jahon chempionati g’olibiga aylandi.

Avvalroq OAV Zidan «Real» ni mavsum oxirida tark etishi mumkinligi haqida xabar tarqatgan edi.

Ispaniya La Ligasi tugashiga bir tur qolganida, Real Madrid 2-qatorda, «Atletiko» dan ikki ochko ortda qolmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments