«Keln» Germaniya chempionatida Groyter Furtni mag’lub etdi

"Keln" Germaniya chempionatida Groyter Furtni mag'lub etdi

Germaniya chempionati 7 -turining ochilish uchrashuvida «Keln» o’z maydonida «Groyter Furt» klubini qabul qildi.

Uchrashuv 3: 1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo’ldi.

7 -daqiqada mehmonlar himoyachisi Marko Mayerxofer hisobni ochdi.

Ikkinchi bo’lim boshida shved hujumchisi Sebastyan Andersson hisobni tenglashtirdi.

Oradan 5 daqiqa o’tib, tunislik yarim himoyachi Elye Shiri burchak zarbasidan so’ng «Keln» ni oldinga olib chiqdi.

Tunislik futbolchi ham yakuniy hisobni o’rnatdi – 3: 1.

«Keln» Germaniya chempionatida 12 ochko bilan 6 -o’rinda bormoqda. Groyter Furt 1 ochko bilan oxirgi, 18 -o’rinda.

«Keln» keyingi o’yinini 15 oktyabr kuni o’z uyida «Xoffenxaym» ga qarshi o’tkazadi. Groyter Furt bir kundan keyin Bohumni qabul qiladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments