Keyn «Tottenxem»dan ketish haqida o’ylayotganini aniq aytdi

Keyn "Tottenxem"dan ketish haqida o'ylayotganini aniq aytdi

«Tottenxem» hujumchisi Garri Keyn jamoada kelajakda qolishi borasida klub rahbariyati bilan muzokara olib borish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

Eng muhim uchrashuvlarda, eng yirik turnirlarda o’ynashni xohlayman. Masalan, men bu mavsumda Chempionlar ligasini tomosha qilaman, u erda ingliz jamoalari qanday o’ynashini kuzataman. Bu men ishtirok etmoqchi bo’lgan o’yinlar.
Shunday qilib, albatta, mana shu karyeramdagi o’zimning qayerda ekanligimni aks ettirishim va ko’rishim, rahbariyat bilan yaxshi, samimiy suhbatlashishim kerak bo’lgan payt. Umid qilamanki, biz ushbu mavzu haqida suhbatlashamiz. Yakuniy qarorda o’zimni qanday his qilayotganimni va men va kareram uchun eng yaxshisi nima bo’lishini asoslab berishim kerak, –

dedi Keyn Gari Nevillning YouTube-dagi The Overlap kanaliga bergan intervyusida.

Keynning London klubi bilan amaldagi shartnomasi yana uch yilga mo’ljallangan. «Tottenxem» safida 220 ta gol urganiga qaramay, hujumchi faoliyati davomida hali sovrin yutmagan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments