Keyn «Tottenxem»dan ketishi mumkinligi haqidagi ma’lumotga izoh berdi

Keyn "Tottenxem"dan ketishi mumkinligi haqidagi ma'lumotga izoh berdi

«Tottenxem» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Garri Keyn London klubidan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

Mish-mishlar meni o’yindan chalg’itadimi? Albatta yo’q. Mening barcha e’tiborim Angliyaning hozirgi Evropa chempionatida muvaffaqiyat qozonishiga yordam berishga qaratilgan. Men OAVda turli xil taxminlar paydo bo’lishini tushunaman, ammo men butun e’tiborimni terma jamoada ishlashga qaratganman, –

dedi Keyn.

Oldinroq Keyn «Tottenxem» dan ketishga tayyorligini aytgandi. Inglizning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha hisoblanadi.

O’tgan mavsumda klub darajasida Keyn 49 uchrashuvda maydonga tushib, 33 gol urgan va 17 golga uzatma bergan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments