Konte «Real» ni boshqarishni «Tottenxem» yoki «PSJ» dan afzal ko’rmoqda

Konte Real murrabiyi bo'lmoqchi

«Inter» ning sobiq bosh murabbiyi Antonio Konte «Real» ni qabul qilib olishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Shiraning so’zlariga ko’ra, italiyalik mutaxassis Madrid klubi prezidenti Florentino Peres bilan ikki yillik shartnoma borasida muzokara olib bormoqda.

Konte avvalroq yana ikkita klub bilan bog’langaniga qaramay, «Real» da ishlashni afzal ko’radi. Bular «Tottenxem» va «PSJ» ekanligi xabar qilingan edi.

Konte 26-may kuni «Inter» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. U 2019-yildan beri milanliklarni boshqargan va ular bilan Italiya chempioni bo’lgan.

Mutaxassis, shuningdek, «Yuventus», «Chelsi» va Italiya terma jamoasi bilan ishlashi bilan tanilgan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments