Konte «Tottenxem»da saryog’ni taqiqladi

Konte "Tottenxem"da saryog'ni taqiqladi

«Tottenxem» himoyachisi Emerson Royal Sky Sports nashriga bosh murabbiy Antonio Konte tomonidan qo’yilgan oziq-ovqat cheklovlari haqida gapirdi.

U nimani taqiqladi? Men ketchupni yaxshi ko’raman! Lekin men bunday ovqatni iste’mol qilmaslikka o’rganib qolganman, shuning uchun bu muammo emas. U saryog’ni ham taqiqlagan. U tanadagi yog’larni nazorat qilish va ba’zi ovqatlardan voz kechish muhimligini ta’kidladi.

Men hech qachon bunaqasini boshdan kechirmaganman, avvaliga bu kutilmagan va biroz qiyin bo’ldi, lekin bu bizning chiqishlarimiz uchun juda muhim. Bu tafsilotlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin,

– dedi futbolchi.

2-noyabr kuni “Tottenxem” Antonio Konte bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. Italiyalik futbolchining avvalgi ish joyi shu yilning may oyida tark etgan “Inter” edi. Uning qo’l ostida milanliklar Italiya chempionligini qo’lga kiritishdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments