Koutinyoning narxi keskin tushib ketdi

Koutinyoning narxi keskin tushib ketdi

«Barselona» yarim himoyachi Filippe Koutinyoning potentsial xaridorini qidirishda davom etmoqda.

Xabar qilinishicha, kataloniyaliklar braziliyalikni 25 million yevro evaziga qo’yib yuborishga tayyor. Futbolchining xizmatlariga «Milan» va «Lester» qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o’tamiz, Koutinyo «Barselona» ga 2018 yil yanvar oyida «Liverpul» dan 135 million yevro evaziga ko’chib o’tgandi. Mish-mishlarga ko’ra, ko’k garnet hanuzgacha ushbu transfer uchun ingliz klubiga bo’lgan qarzlarini to’lamagan.

29 yoshli futbolchi tizzasidagi jarrohlik amaliyotidan tiklandi va shu haftada mashg’ulotlarni qayta boshlashni rejalashtirmoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments